Aqliy mehnat qilivchilar – Abiturient, Student, Korxona-tashkilot ishchilari uchun samarador ishlash, o’qish, ijod qilish haqida o’z tajribamni alishmoqchiman.
Bugungi kunda bizni asosiy ishdan chalg’itadigan ilovalar, SNSslar yoki vaziyat-holatlar juda ko’p. Quyida meni samaradorligimni tushirib yuboruvchi holat:
Ertalab 8 da Ilmiy Maqolamni oxirgi qismini yozib tugataman deb laboratoriyaga keldim. Kompyuterimni yoqqanimda oila azolarimdan kimdir telegram xabar qoldiradi yoki do’stlarim hayotida nimadir muhim ish sodir bo’ldi va ularni yonida (aqalli virtual holatda) bolishim kerak deb yozishdim. Soat 10 boldi, to’liq yozilmagan ilmiy maqolamni ochdim, kecha nima qilganimni eslashga urinayotgan mahal hayolimga yalt etib boshqa ish keldi: “Bugun, yangi semester uchun darslarni tanlab registratsiya qilishni oxirgi kuni”. Soat 11. Maqolaga endigina qaytgandim, Professorim kirib kelib yangi loyiha rejalarini yozib berishimni so’radi. Atiga 50-60daqiqagina vaqt oldi, yozib bolib soatni qarasam tushlik vaqti kiribdi. Muhim bo’lgan biror ishni bajarmasimdan 4 soat o’tib ketdi.
Agar sizdayam yuqoridagi holat kuzatilsa demak sizni vaqtingiz Chuqur Faoliyat emas balki Sayoz (ko’p aql talab) etish bilan o’tyapti. Bu kabi yumushlar kishidan kuchli aql ishlatishni yoki kuchli diqqat etibor qaratishni talab etmaydi. Lekin bunday ishlarni hamma qila oladi.
Men Chuqur Darajadagi Faoliyat haqida gapirib o’tmoqchiman. Biz Chuqur va Sayoz mehnat faoliyatini yaxshi ajratib olsak kunimizni 2 ga taqsimlab samaradorligimizni oshirishimiz mumkin. Chuqur faoliyatga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
- Butun diqqat etibor bilan matematik bir masalani ishlayapsiz. Tashqaridagi tovush, shovqinlar ham eshitilmay qoldi. Butun miyangiz, vujudingiz faqat bir narsa – o’sha masalani yechish bilan band.
- Yana bir misol, siz bir mobil (android) ilova yozyapsiz – bu ishga butunlay sho’ng’ib ketdingiz. Vaqt o’tganini umuman sezmayapsiz, tushlik vaqti esa allaqachon o’tib ketdi.
- Siz Keyingi haftada boladigan dars uchun taqdimot (prezentatsiya) tayyorlamoqchisiz
Olimlarning tadqiqot natijalariga ko’ra yuqoridagi kabi chuqur darajadagi faoliyat yuritgan insonlarni diqqat etibor (focus) qilish qobiliyati va iroda kuchi muntazam ravishda oshib boradi. Eng qizig’i bunday faoliyat yurituvchilarga dam olishdan ko’ra ko’proq chuqur faoliyat yoqimliroq, afzalroq bo’la boshlaydi. Bu esa har qanday insonni oz ishini ustasi – mohir bolib yetishishiga olib keladi.
Siz ham sinab ko’rmoqchimisiz, yangi boshlayotganlar uchun kunda bir soat tavsiya etiladi, keyinchalik 4 soat DEEP WORK qilish mumkin. Masalan: ertalabki 8 va 9 orasini ozinigizga Chuqur darajada faoliyat yuritish uchun belgilab oling. Bu paytda telefonlar o’chirilgan, stakanlar kofega to’ldirilgan va eshiklar qulflangan holatda atrofda sizni chalgitadigan hech kim yoq muhitni yarating. Bir soat mobaynida hech narsa qilmayman faqat shu ishni qilaman deb maqsad qo’yib boshlang. Agar boshidagi 10-20 daqiqada butun diqqat etiboringizni jamlab shu ishga qaratsangiz allaqachon bu ishga sho’ng’ib ketasiz va davom etish to’xtashdan ko’ra osonroq boladi. Har 30 daqiqada 5 daqiqa tanaffus olish tavsiya etiladi.
Yuqoridagilarni biz allaqachon bilsakda amal qilmaymiz, yoki unutib quyganimiz uchun har 5-10 daqiqada facebook, telegram yoki emailni tekshiradigan odat chiqarib olganmiz. Chuqur darajadagi mehnat faoliyatini yetarli etibor bermasdan qilganimiz uchun natijamiz ham kayfiyatimiz ham yomon. Shuning uchun ish kunimizni 2 ga bolib, chuqur faoliyat va sayoz faoliyatlarni belgilangan vaqtida qilishimiz bizni ayni vaqtdan bir necha barobar samarali qiladi. Agar bu odatni muntazam davom etib har hafta 1% ga samaradorlikni oshirishga erishsak bir yilda (52) haftada samaradorligimiz 100% dan 168% yetadi. Besh yilda esa 1329% ga oshirsak boladi. Xulosa uchun judayam sodda misol keltirsak bu degani hozirgi holatimizda 1 yillik pulni/obro’ni/ilmni o’sgan holatimizda 1 oyga qolmasdan topish mumkinligini bildiradi.